RQ agency
Obro' marketingi vositalaridan foydalangan holda MDH bozorlariga qanday kirish mumkin

Asosiy natijalar
Loyiha haqida
RQ agency — Digital PRga yoʻnaltirilgan AMDG xalqaro guruhidagi agentlik boʻlib, obroʻ-eʼtibor muhiti bilan ishlashdan tortib digital-fazoda brendni ilgari surish boʻyicha keng qamrovli strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishgacha bo'lgan keng koʻlamli vazifalarni hal qiladi.
Kompaniya — portfelida bir nechta brendlarga ega motor moylarining yirik ishlab chiqaruvchisidir.
Vazifalar
Motor moylarini ishlab chiqaruvchisining brendlari allaqachon Rossiyada tanilgan, shuning uchun uning qarshisidagi maqsad — MDH bozorlariga chiqish orqali biznesni kengaytirish edi. Biznes maqsadi B2C va B2B yo'nalishlariga bo'lingan: yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish - talab hosil qilish kerak edi.
Bu uchun moy ishlab chiqaruvchisi uchun yangi bo'lgan hududlarda savdo tam’galari bo’yicha bilimlarni oshirish lozim edi.
Buyurtmachi allaqachon Rossiyada ORM vositalari bilan ishlashda ijobiy tajribaga ega edi, shuning uchun boshqa mamlakatlarda 3 ta brendni targ'ib qilish uchun obro' marketingidan - klassik OAV qo'llab-quvvatlashi vositalarisiz (reklama, PR va boshqalar) foydalanishga qaror qilindi.
Iste'molchilar soni ortib borayotganligida mahsulotlarga talabni shakllantirish va obro'ga tahdidlarni yumshatish kerak edi.
Loyiha jamoasiga quyidagi maqsadlar qo'yildi:
- MDH onlayn muhitida 3 ta brendning eslatilish, muhokama qilish va mavjudligini oshirish.
- Fokusli hududlarda 40% motor moylari segmentida brendning Share Of Voice — 40% ulushiga erishish.
Yechim
Rag'batlantirish uchun fokus hudud tanlandi
Bir vaqtning o'zida 6 ta yangi bozor bilan ish yaratish — katta chaqiriq, shuning uchun birinchi bosqichda rag'batlantirishni eng samarali boshlash uchun fokus hududlar aniqlandi. Buning uchun foydalanuvchilar allaqachon mahsulot toifasiga qiziqish bildirayotgan mamlakatlar tanlandi.
Tadqiqot doirasida "motor moyi" toifasidagi brendlarni monitoring qilish uchun mavzu yaratildi.
Mavzuni yaratishda mamlakatlar bo’yicha qat'iy cheklash filtrlari sozlandi, ammo til sozlamalari uchun esa mahalliy tillardan tashqari, shevalardagi mos keladigan xabarlarni o'tkazib yubormaslik uchun "til aniqlanmagan" filtridan ham foydalanildi.
Barcha hududlar bo'ylab mavzuga doir xabarlarni yig’gandan so'ng, Brand Analytics dagi Geografiya hisoboti yordamida eng faol muhokamaga ega mamlakatlar aniqladi.
Geografiya aniqlangan barcha xabarlar quyidagicha taqsimlandi:
- Qozog‘iston — 53%;
- Belarus — 40%;
- Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston — jami 7%.

ORM kampaniyasi uchun ustuvor mintaqa sifatida Qozog‘istonni tanlashga qaror qilindi.
Bundan tashqari, strategiyani ishlab chiqish va mintaqadagi kampaniya dinamikasini kuzatish uchun Qozog'istondagi brendlarning ulushi baholandi.
SOV (Share Of Voice) — brendning axborot oqimidagi ulushidir.
Buning uchun barcha xabarlarga uyerda eslatilgan brendlar teglari, jumladan, mijoz va raqobatchilarning brendlarining teglari berildi. Teglar hisobot yordamida Qozog‘istondagi ijtimoiy tarmoqlarda brend eslatishlari nisbati baholandi. Ma'lum bo'lishicha, ishlab chiqaruvchining brendlari umumiy namunadagi xabarlarning atigi 12 foizida eslatilgan.
Qozog'iston bozori — onlayndagi eng faollardan biri, shuning uchun unga alohida e'tibor berildi. Brand Analytics tufayli biz ish uchun asosiy maydonlarni aniqladik, maqsadli auditoriya bilan tekshirdik, muhokamalarga tezkorlik bilan mahalliy vakilni kiritdik va brendlar bo‘ylab kayfiyatdagi o‘zgarishlarni kuzatdik.

Maqsadli auditoriya o'rganildi
Obro' marketingi bilan ishlash uchun ijtimoiy media bo’yicha monitoring 3 yo'nalish bo’yicha amalga oshirildi, ularning asosida Brand Analytics mavzu yig’ini uchun qidiruv so'rovi tuzildi:
- raqobatchi brendlar;
- mijoz brendlari va mahsulotlari;
- mahsulot toifalari bo'yicha keng semantika (rus va mahalliy tillarda).
Aloqa strategiyasini ishlab chiqish uchun 30 kunlik eslatishlar yig'ildi va retrospektiv tarzda o'rganildi.
Xabarlarni tahlil qilish quyidagi savollarga javob berishga imkon berdi:
- Brendlarning maqsadli auditoriyasi kim?
- U qanday maydonlardan foydalanadi?
- Kommunikatsiya orqali qanday asosiy xabarlarni yetkazish kerak?
Xabarlarni hududlar bo'yicha segmentlash uchun Mamlakatlar filtri foydalanildi. Keyinchalik u mahalliy jamoalarga brend va toifalardagi xabarlarning umumiy oqimida kerakli eslatishlarni topishga yordam berdi.
Keyinchalik, har bir hudud bo’yicha maqsadli auditoriyaning "joziba markazlari" aniqlandi - katta guruhlar, odatda VKontakte da, buyerda motor moylari faol muhokama qilinadi. Qidirish uchun hamjamiyatlar hisobotidan foydalanildi, bunda guruhlar nafaqat xabarlar soni bo‘yicha, balki potensial samaradorlikni baholash uchun auditoriya va jalb etilganlik bo‘yicha ham tartiblangan.
Hamjamiyatlarning kontent tahlil qilish rus tilida materiallarni tayyorlash mumkin bo’lganlarini - va qozoq tilida bo’lganlari ham (manbadagi xabarlarning aksariyat bo’lgan tiliga qarab) aniqlashga yordam berdi. Buni avtomatik filtrlash yordamida ham amalga oshirish mumkin edi.
Hamjamiyat hisobotidagi ma'lumotlar maqsadli auditoriya segmentlarini ajratish uchun Manbalar va Mualliflar hisobotlari tahlillari bilan boyitildi. Olingan ma'lumotlar Rossiya bozori bilan tajriba asosida shakllangan brend mahsulotlarining auditoriyasi haqidagi farazlarni tasdiqladi. Bundan tashqari, quyidagilar tomonidan foydalanadigan eng yaxshi maydonlar aniqlandi:
- Avtomobil ishqibozlari
- Taksi haydovchilari
- TXS egalari
- va har bir mintaqadagi boshqa maqsadli auditoriya segmentlari.
Yig’ilgan ma'lumotlarga asoslanib, biz har bir auditoriya o'z slengida gapiradi degan farazni tasdiqladik, biz buni tushunishimiz va ishlatishimiz kerak. Va albatta, eng tez-tez muhokama qilinadigan muammolar va ularning konteksti bir-biridan farq qiladi. Shunday qilib, TXS egalari avtomobillari taksi parklarida xizmat ko'rsatiladigan taksi haydovchilariga qaraganda avtomobil ishqivozlariga - doimiy mijozlariga ko'proq quloq tutishadi.

Har bir maqsadli auditoriya bilan muloqot qilish uchun mijoz bilan birgalikda asosiy xabarlar shakllantirildi va kommunikatsiya uchun ustuvor yo’nalishlar belgilandi. Masalan, keng auditoriya uchun - asosiy e'tibor moyning narxiga va ishlab chiqaruvchining ishonchliligiga, professionalroq auditoriya uchun esa -ishlatiladigan asos va qo'shimchalarga qaratiladi.
Xalqaro jamoa tuzildi
Manbalar va jamoalar orasida foydalanuvchilar faqat milliy tillarda muloqot qiladiganlari bo'lganligi sababli, loyiha jamoasini ona tilida so'zlashuvchilar hisobidan kengaytirish kerak edi. Xalqaro jamoa samarali faoliyat yurita olishi uchun nomzodlar ham rus tilini, ham targ‘ibot hududlari tillaridan kamida bittasini (belarus, ozarbayjon, tojik, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va ularning dialektlarini) bilishi kerak edi.
Bundan tashqari, mahalliy madaniyat va an'analar bilan tanish bo'lgan mutaxassislar tabiiy ravishda faol suhbatlarga qo'shilib, munozaralarni boshlashlari mumkin edi.
Natijada ORM brendlari ustida 11 kishi ishladi:
- loyiha rahbari
- akkaunt-menejer
- dizayner
- negativni kuzatish va qayta ishlash bo'yicha 4 ta mutaxassis
- 4 ta kopirayter.
Mijoz uchun chaqiriq biz uchun ham chaqiriq bo'ldi: qisqa vaqt ichida jamoani yig'ish va MDH bozorida ishlashga moslashish kerar edi. Brand Analytics ma'lumotlaridan foydalanib, biz ma'lum brendlar atrofidagi tendentsiyalar va kayfiyatlar kuzatdik va targ'ib qilish uchun mahalliy "hiylalarni" amalga oshirdik.

Muhokamalarga kiritish va suhbatlarni boshlash
Ko'p tilli jamoa Brand Analytics da rus va mahalliy tillarda qidiruv so'rovini yaxshiladi, shu jumladan kalit so'zlarni eng keng tarqalgan dialektlar bilan to’ldirdi. Bu tufayli forumlar va ijtimoiy tarmoqlarda yanada dolzarb muhokamalarni, OAV, mulohazalar saytlari, geoservislar va marketpleyslarda sharhlarni topish mumkin bo'ldi.
Loyiha mutaxassislari ushbu maydonlarga kiritilardi va 3 ta brend mahsulotlariga talabni yuzaga keltirdi. Obro' bilan kompleks ishning bir qismi sifatida:
- Texnik xizmat stantsiyalari sahifalarida savollar va fikr-mulohazalar qoldirilgan (ham hamkorlar va ham mijozlar o'rtasida bilimlarni oshirgan);
- Ijtimoiy tarmoqlarda maqsadli auditoriya bilan tematik suhbatlarga qo'shildi;
- Mahalliy OAV da ekspert materiallari chop etildi.

Muntazam ORM vazifalardan tashqari, jamoaning e’tibori mijozlarning brendlari bilan bog'liq faol "jonli" muhokamalarni kuzatish va tezkor qayta ishlashga qaratilgan edi. Guruhlar va forumlardagi suhbatlarning eng katta qamrovi odatda nashr etilgandan keyingi birinchi soatlarda bo'ladi. Bunday eslatishlarni o‘z vaqtida topish va mutaxassislarni muhokamalarga qo‘shish uchun Brand Analytics ning Telegram bilan integratsiyasi sozlandi, unda faol tematik suhbatlar haqidagi bildirishnomalar ulandi.
Ish davomida ko'p tilli jamoaning yana bir afzalligi aniqlandi. Bitta mamlakat doirasida til kesishuvlari ko'pincha sodir bo'lardi. Misol uchun, profilda Qozog'iston deb ko'rsatilgan ayrim pabliklarda ular ko'proq o'zbek va qirg'iz tillarida muloqot qilingan. Loyiha jamoasi ushbu xususiyatlarga moslashardi: tegishli mutaxassislarni jalb qilardi yoki dialog bir vaqtning o'zida bir nechta tillarda olib borilsa "aralash" tilga o'tardi.
Natijalar
Mahalliy targ'ibot bo'yicha muntazam ishlar tufayli motor moyi ishlab chiqaruvchisi yangi hududlarda brend tanilishini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo'ldi:
- Brendlarning Motor moylari segmentidagi Share Of Voice Qozog'istonda 74% gacha o'sdi (bunda KPI — 40%);

- MDH onlayn muhitida 3 ta brendning eslatilishi va muhokama qilish soni 14 barobarga oshdi;
- Mijoz brendlaridan biri MDHning oltita asosiy mamlakatlari bozorida SOV yetakchisiga aylandi;
- Buyurtmachining brendlarini Ijobiy tonalikka ega bo'lgan eslatishlar ulushi 80% dan oshdi;
- MDHning oltita davlati bo'yicha boshlangan muhokamalar haqida jami milliondan ortiq ko'rib chiqildi;
- Mijoz mahsulotlariga bo'lgan qidiruv so’rovi 24 barobar oshdi, bu esa bilimlarning o'sishidan dalolat beradi.
Tanilish bilan birga ish geografiyasi kengaydi. Dastlabki bosqichda e'tibor faqat Qozog'istonning bir nechta yirik shaharlariga qaratilgan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan loyiha jamoasi barcha muhokamalarni o'zlari joylashgan barcha shaharlarda ko'rib chiqishni boshlashdi. Misol uchun, tahliliy ma'lumotlarga ko'ra, motor moylari Qozog'iston Respublikasining 49 shahridagi onlayn hamjamiyatlarda muhokama qilinadi, demak uyerda brendlar uchun maqsadli auditoriya mavjud.


Brend tahlilini amalda sinab ko‘ring!
Tizimni sinab ko'rish uchun shaklni to'ldiring.
Qanday bo'ladi?
- bizning maslahatchi tahlilchilarimiz siz bilan bog'lanib, biznes vazifalaringizni aniqlashadi,
- maqsad va vazifalaringizni hisobga olgan holda tizimni sozlashadi,
- tizimning namoyishini o'tkazishadi,
- 7 kunga sinov tariqasida kirib foydalanish imkoniyatini berishadi va har qanday savollarga javob berish uchun aloqada bo'lishadi