Shaxsiy filtrni yaratish yanada qulaylashdi. Endi uni Jamlanma hisobotida qo’llanilgan filtrlardan bir necha bosishlar orqali to’g’ridan-to’g’ri yaratishingiz mumkin. Bu odatiy va doimiy vazifalar uchun moslashtirilgan filtrlarni yaratishni tezlashtiradi va soddalashtiradi.
Shaxsiy filtr nima
Shaxsiy filtr — bu xotirada saqlangan filtrlar to’plami va ularning xususiyatlari. Uning yordamida eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlar kesimidan tezda foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Masalan, Shaxsiy filtrdan foydalanib, umumiy oqimdagi sharhlarni ustuvor ishlov berish yoki obro’ga oid xavflarni aniqlash uchun muhim manbalardagi salbiy xabarlarni tezda filtrlash mumkin.
Shaxsiy filtrlar hisobotlardagi xabarlar oqimini segmentlash, shuningdek, ogohlantirishlar va obunalarni sozlash uchun foydalaniladi.
Shaxsiy filtrni bir necha bosishlar orqali qanday sozlash mumkin
Ilgari Shaxsiy filtrni faqatgina maxsus menyuda sozlash mumkin edi. Ya’ni, avvallari, kerakli ma’lumot kesimini yaratish uchun filtrlar to’plamini sinab ko’rish, so’ngra bu to’plamni Shaxsiy filtr sozlamalarida qayta yaratish lozim edi.
Endi esa shaxsiy filtrni yaratish osonlashdi:
1. Jamlanma hisobotida kerakli filtrlar to’plamidan foydalaning
Masalan, faqatgina foydalanuvchi fikr-mulohazalarini o’z ichiga olgan sharhlarni ko’rsatish uchun:
Manba turi — Sharhlar, Xabar turi — Matnsiz baholash (olib tashlash),
2. Muammolaringizni hal qilishda uning samaradorligini baholang
Agar filtrlash xabarlarning yetarli kesimini yarata olmasa, filtrlar to’plamiga tuzatish kiriting.
3. Jamlanma hisobotining o’ng filtridagi «Filtrni saqlash» tugmasini bosing.

Oldindan tanlangan filtrlash xususiyatlari to’plami ochiladi. Shunchaki «Filtrni saqlash» tugmasini bosishingiz lozim.

Shaxsiy filtrlar ro’yxatida aniqlashni osonlashtirish uchun filtrning nomini ko’rating.

«Yaratish» tugmasini bosing.
Tayyor — endi sizda odatiy muammolarni hal qilishda tekshirilgan samaradorlikka ega Shaxsiy filtr mavjud.

Agar siz Shaxsiy filtrni qo’llasangiz va uning xususiyatini o’zgartirsangiz, xuddi o’sha amallarni bajarib, boshqa ma’lumot kesimi uchun yangi filtrni saqlashingiz mumkin.
Ushbu yangilanish axborot maydonining turli segmentlari bilan ishlaydigan va xabarlarning kerakli tanlanmasidan tezkor foydalanish ehtiyoji bo’lgan ORM-mutaxassislari, PR-menejerlari va marketologlar uchun foydali bo’ladi.
Biz Brand Analytics-ni ijtimoiy media va OAV tahlillari uchun yanada qulayroq vositaga aylantirishga harakat qilmoqdamiz. Ijtimoiy tarmoqlarimizda fikr-mulohazalaringizni qabul qilishdan mamnun bo’lamiz: VKontakte guruhi, Telegram kanalida.