Mobil ilovamizni endi yana to’g’ridan-to’g’ri Google Playdan o’rnatish imkoni bor. Bu Androidda ishlovchi smartfon foydalanuvchilari uchun ijtimoiy tarmoqlar va OAV monitoringi va tahlilini yanada qulayroq va samaraliroqligini ta’minlaydi.
Brand Analytics mobil ilovasining Google Playdagi havolasi.

Ilova qanday vazifalarni hal qilishga yordam beradi
PR-, SMM- va ORM-menejerlari, marketologlar, tahlilchilar va mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislar, ko’pincha, ijtimoiy tarmoqlar va OAVdagi o’zgarishlardan 24/7-rejimida xabardor bo’lishlari kerak.
Mobil ilovasi har doim va har qanday joyda axborot maydonidagi voqealardan xabardor bo’lish imkonini beradi.
Ogohlantirishlarni zudlik bilan olish
Ilova axborot maydonidagi muhim o’zgarishlar haqida push-xabarnomalarni yuboradi. Shunchaki ilovani ochish va ijtimoiy tarmoqlar, hamda OAVda nimalar sodir bo’layotganini ko’rish kifoya.
Xabarlarni tezkor qayta ishlash
Mobil ilovasida xabarlar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
- Teglash;
- Ohangini o’zgartirish;
- Qayta ishlangan deb belgilash;
- Tanlanganlarga qo’shish;
- Oʻchirish.
Demak, ish bo’yicha yoki xizmat safarlari axborot maydoni tahlilini to’xtatib qo’ymaydi.
Endi paydo bo’layotgan inqirozga javob qaytarish
Mobil ilovada asosiy indekslar, ulardagi o’zgarishlar dinamikasi, xabarlar lentasi va «Hikoyalar» hisobotlaridan foydalanish imkoni mavjud bo’lib, bu o’z navbatida brend yoki tashkilotning axborot muhitini shaffof qiladi.
Bu axborot inqirozini o’z vaqtida aniqlash va uning rivojlanishini real vaqt rejimida bartaraf qilish imkonini beradi.
Ilovani o’rnating va operatsion monitoringni yangi darajaga ko’taring.