WOM va Promo toifalarini o‘zbek tilida aniqlash

Endi biz ML texnologiyalari yordamida ijtimoiy tarmoqlar va onlayn OAV kabi mavzularda o‘zbek tilidagi xabarlarning toifalarini aniqlaymiz. Bu foydalanuvchi xabarlarini tezroq qayta ishlashga va axborot maydonida muhim postlarni ajratib ko‘rsatishga yordam beradi.

Toifa — bu xabarning ma’lum bir belgisi bo‘lib, tizim tomonidan avtomatik tarzda beriladi. U kerakli xabarlarni tahlil uchun filtrlash, masalan, mijoz shikoyatlarini tez topish yoki mavzuni noaniq xabarlardan avtomatik tozalash imkonini beradi.

Endi Brand Analytics tizimida ML algoritmlari yordamida o‘zbek tilidagi xabarlarga quyidagi Promo toifalar beriladi:

• Tijoriy e’lonlar

• Internetda daromad topish

• Xayriya

• Tanlovlar va o‘yinlar

• Go‘zallik xizmatlari

• Vakansiyalar

• Promokodlar

• Qidiruv spami Shuningdek,

WOM (birinchi shaxsdan yozilgan foydalanuvchi xabarlari) va uning quyi toifalari:

• Savollar

• Taqqoslashlar

• Shikoyatlar

Toifalar haqida batafsil ma’lumot Toifalardan qanday foydalanish kerak O‘zbek tili O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda axborot maydonining muhim qismini egallaydi. Masalan, 2024-yil noyabr oyida Telegram foydalanuvchilari o‘zbek tilida 47 milliondan ortiq xabarlar (postlar va izohlar) joylashtirgan.

Endi bu xabarlarni qayta ishlash yanada osonlashdi:

• Tizim xabar mazmuniga asoslanib ularga avtomatik tarzda toifa beradi;

• Asosiy yoki yon filtr orqali yangi toifalar bo‘yicha kerakli xabarlarni saralash mumkin;

• Qoidalar yaratishda toifa filtrini tanlash mumkin (masalan, WOM toifasidagi xabarlarni teg bilan belgilash yoki Qidiruv spami toifasidagi xabarlarni o‘chirish).

Yangi toifalar product menejerlar, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislar, SMM menejerlar uchun foydalidir. Ular xabarlarni tezroq topish, avtomatik yoki qo‘lda qayta ishlash imkonini beradi va bu orqali analitik vazifalarga ko‘proq vaqt ajratish mumkin bo‘ladi.

Ko’rib chiqish uchun bepul kirish

Shaxsiy maslahatchi namoyish o'tkazadi va sizning biznes vazifalaringizni hisobga olgan holda tizimni sinab ko'rishga yordam beradi

Bepul kirishga so’rov jo’natish

So'nggi maqolalar

OAVda qayta chop etishlarni aniqlash

Mavjud filtrlardan bir necha bosishlar orqali shaxsiy filtrni yaratishingiz mumkin

Brand Visorning 4 xil interfeys tillari

O’zbekiston geografiyasi bo’yicha ma’lumotlar kengaytirildi: mintaqa va shahar bo’yicha filtrlash qo’shildi