Brand Analytics O‘zbekiston Marketing uyushmasiga qo‘shildi va tashkilot hamkoriga aylandi. O‘zbekiston Marketing uyushmasi O‘zbekistonda marketing va uning vositalari yordamida biznesni rivojlantirayotganlarni birlashtirgan Markaziy Osiyodagi eng yirik marketologlar biznes hamjamiyatidir. Uyushma 2016 yilning dekabr oyida Toshkentda tashkil etilgan. Bugungi kunda u 160 dan ortiq hamkor kompaniyalar va marketing sohasida 100 dan ortiq mutaxassislarni birlashtirgan.
Brand Analytics O‘zbekiston bozorida yetti yildan ortiq vaqtdan beri mavjud bo‘lib, kompaniya mutaxassislari muntazam ravishda mamlakatdagi eng yirik marketing konferensiyalarida qatnashib kelishadi. Brand Analytics ning O‘zbekistondagi mijozlari qatoriga turli sohalardagi tashkilotlar bor: bank sektori, telekom, e-commerce, fintex, IT-kompaniyalar, media, HoReCa.
O‘zbekistonda mijozlar tajribasini o‘rganishga asoslangan data-driven marketingga va umuman, ijtimoiy tarmoqlar tahliliga bozor qiziqishi ortib borayotganini ko‘ramiz — mamlakatning tobora ko‘proq yetakchi kompaniyalari mediamaydon monitoring qilish va tahlil qilishning zamonaviy usullaridan foydalanish zarurligini anglab yetmoqda. Biz O‘zbekistondagi kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlikka ochiqmiz va bundan buyon mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar tahlili bozorini rivojlantirishga hissa qo‘shish niyatidamiz. Markaziy Osiyodagi eng yirik marketologlar hamjamiyati bilan hamkorlik – ko‘p yillik mustahkam do‘stligimizdagi mantiqiy qadamdir. Ishonchimiz komilki, biz birgalikda O‘zbekiston brendlariga obro‘-e’tiborni har tomonlama boshqarish, samarali kommunikatsiyalarni qurish, shuningdek, ommabop mahsulotlarni rivojlantirish va yaratishda yordam bera olamiz.
Marina Popova, Brand Analytics mijozlar departamenti direktori
Brand Analytics ijtimoiy tarmoqlar tahlilchilari hamjamiyatini rivojlantirish va O‘zbekistonda PR mutaxassislari, marketologlar, mahsulot tahlilchilari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar, HR menejerlari va kompaniya rahbarlari uchun sanoat konferensiyalarini tashkil etishga e’tibor qaratmoqchi.
O‘zbekiston Marketing uyushmasi ko‘magida 2025-yil 15-may kuni Toshkentda ilk bor Brand Analytics Conference Uzbekistan 2025 – biznes uchun ijtimoiy tarmoqlar tahlilining barcha jihatlariga bag‘ishlangan ijtimoiy tarmoqlar tahlili bo‘yicha O‘zbekistonda ilk sanoat konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va platformalardan faol foydalanilmoqda, shu bois uyushmaning hamkor kompaniyalari ijtimoiy tarmoqlarda obro‘ bilan ishlash, mijozlar tajribasini o‘rganish va boshqa ko‘plab savollar bilan tobora qiziqmoqdalar. Shuning uchun biz Brand Analytics ning O‘zbekistonda faolroq ishlash va Uyushmamizga qo‘shilish qarorini olqishlaymiz. Biz Brand Analytics jamoasini Tashkent Marketing Forum 2025 dasturida chiqish qilganida amalda kuzatgan edik. Ishonchimiz komilki, jamoa tajribasi umuman bozorda ham, Uyushmamiz hamkorlari orasida ham talabga ega bo’ladi.
Diyor Mirzaahmedov, O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruvi raisi